Eron: "Bizda yetarli darajada ko‘p mablag‘ bor. Ammo AQSH..."

Qo‘shma Shtatlar tomonidan joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalar Eronga vaksina va dori vositalarini boshqa mamlakatlardan sotib olish imkonini bermayapti. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif RT telekanaliga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar mamlakatga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

“Bizda yetarli darajada ko‘p mablag‘ bor. AQSh xorijiy mamlakatlardan mablag‘imiz evaziga dori vositalarini sotib olishimiga imkon bermayapti”, dedi u.

Zarifning ta’kidlashicha, Vashingtonning sanksiyalar gumanitar sohaga ta’sir etmasligi to‘g‘risidagi gaplari yolg‘on. Eron hatto vaksina sotib olish uchun mablag‘ ko‘chirolmayapti. Tehronning fikriga ko‘ra, Oq uy qo‘llayotgan usul - bu “tibbiy terrorizm”.

Реклама на Unews

Joriy yilning 24 sentyabr kuni AQSh Eronga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Yana ikki nafar Eron fuqarosi, mamlakat hududida joylashgan uchta qamoqxona va mahalliy sud bo‘linmalari yangi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring