Endilikda shifokor qabuliga kirish uchun navbatda turishga hojat yo‘q

Shifokor qabuliga yozilish uchun qulay vaqt ajratish, darsdan yoki ishdan ruxsat olish, poliklinikaga borish, mutaxassis tanlash va qulay vaqt uchun talon olish kerak bo‘ladi. Ushbu jarayon ko‘p vaqt va kuch sarflashni talab qiladi. Shu sababli aksariyat odamlar malakali mutaxassislardan yordam so‘rashni orqaga cho‘zib kelaveradilar, bu esa salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Ushbu jarayonni tarixga aylantirish mumkin! Endi shifokor qabuliga kirish uchun navbatda turishning hojati yo‘q. Buning uchun Sog‘liqni saqlash vazirligining Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan internet tarmog‘i orqali yagona ro‘yxatdan o‘tish va shifokor qabuliga yozilish imkoniyatini beruvchi “Elektron poliklinika” tizimi ishlab chiqilgan va joriy etilgan. Ya’ni reg.ssv.uz sayti orqali shifokor qabuliga onlayn yozilish imkoniyati mavjud. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Ushbu tizim yordamida fuqarolar o‘zlari uchun qulay vaqtda, uydan chiqmagan holda shifokor qabuliga yozilishlari, shifokor va muassasa haqida ma’lumotlar olishlari, shuningdek, olingan tibbiy xizmatlar sifatini baholashlari mumkin bo‘ladi. Poliklinikalar uchun ushbu tizimning afzalliklari – ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish, oilaviy poliklinikalarda yagona elektron ambulatoriya tibbiy kartasini yuritish imkoniyatidir.

Реклама на Unews

Bugungi kunda “Elektron poliklinika” axborot tizimiga Toshkent shahri va viloyatlardagi ko‘plab oilaviy poliklinikalar ulangan bo‘lib, butun respublika hududi bo‘ylab poliklinikalarni tizimga ulash ishlari davom ettirib kelinmoqda. 

Vaqtingizni tejang, navbat kutib o‘tirmang, reg.ssv.uz veb-sayti orqali poliklinikangizdagi shifokor qabuliga onlayn tarzda yoziling. Salomatligingiz o‘z qo‘lingizda!", deyiladi xabarda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

 

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring