Ekranosti kamerali birinchi smartfonning “jonli” rasmlari va xususiyatlari
6765 14-08-2020 0 SmartfonlarKuni kecha ZTE kompaniyasi kutilmaganda yashirin selfi-kamerali ilk smartfonni e’lon qilgan edi. Uning taqdimoti yaqin, shekilli – qurilmaning suratlari va rasmlari TENAA regulyatorida qayd etildi, deb yozmoqda " terabayt.uz" nashri.
So’nggi xabarlardan ma'lum bo’lishicha, bu smartfon nomi ZTE A20 5G bo’lib, Snapdragon 765G protsessori bazasiga qurilgan. Kompaniya uni 6, 8 va 12 gigabaytlik tezkor va 64, 128 va 256 gigabaytlik doimiy xotira bilan chiqaradi.
Gadjetning ekrani OLED texnologiyasi bo’yicha ishlangan bo’lib, o’lchami diagonaliga 6,92 dyuymlik, unda tasvir aniqligi esa 2460x1080 piksellikdir. Displeyning ortiga yashirilgan selfi-kamera 32 megapiksellik datchikka ega.
Реклама на Unews
Android 10 operatsion tizimli ZTE A20 5G modelining akkumulyatori 4120 mA/soatlik tok sig‘imiga ega.
ZTE A20 5G bosh kamerasi to‘rt modulli: 64 + 8 + 2 + 2 megapiksellik sensorlardan iborat.
Реклама на Unews
Qurilmaning korpus o’lchami 172,1x77,9x7,9 millimetrga, vazni esa 198 grammga teng. ZTE A20 5G taqdimoti shu avgust oyidayoq bo’lib o’tadi, lekin sanasi va smartfonning narxi hozircha noma'lum.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.