Dunyoda vaziyat jiddiylashmoqda: Bir qator mamlakatlar qat`iy karantinga qaytdi

Jahonda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yanada yomonlashmoqda. Aksariyat mamlakatlarda aholining ushbu kasallikka chalinishi yil boshidagi ko`rsatgichdan ham yuqori raqamlarni qayd etilyapti. Masalan, so`nggi kecha-kunduzda:  

Italiyada salkam 20 mingta yangi zararlanish holati kuzatilgan. Shu sabab karantin cheklovlari kuchaytirilmoqda. Kino, teatr va fitnes-klublar yopilmoqda. Restoran va barlarning soat18:00 dan keyin ishlashiga ruxsat berilmayapti.

JSST yaqin bir necha oy davomida dunyoda koronavirus bilan bog`liq vaziyat kritik nuqtalargacha yomonlashishini ta`kidlagan. Shu sababli barcha mamlakatlar hamma narsaga tayyor bo`lishi va jiddiy chora-tadbirlarni amalga oshirishi kerak. 

Реклама на Unews

Bu borada Germaniyada ham bir qator tadbirlar belgilandi. Masalan pandemiya boshlangan vaqtdan buyon birinchi marta Germaniyada tibbiy niqoblarni faqatgina yopiq binolarda emas, tashqariga chiqqanda ham taqib yurish majburiy qilib qo`yildi.

Buyuk Britniyaning ayrim hududlarida esa 2 haftalik qat`iy karantin rejimiga o`tilmoqda. 

Rimda va boshqa bir qator Italiya shaharlarida komendantlik soati joriy qilindi. Ammo ayrim aholi vakillari bunday qattiq cheklovlarga norozilik bildirishmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring