Bu yil birinchi sinfga qabul qay tartibda bo`ladi?

2020/2021 o`quv yili ham oxirlab qolmoqda. Bugungi kundagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda aksariyat maktablar onlayn ta`lim shaklini tanlamoqda.

Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, ko`pchilik ota-onalarda bu yil birinchi sinfga qabul qay tartibda tashkillashtiriladi, degan savol paydo bo`lmoqda.

Ushbu savolga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida umumta`lim maktablarida axborot-kommunikasiya texnologiyalarining joriy etilganlik holatlari yuzasidan bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Xalq ta`limi vazirining o`rinbosari Rustam Karimjonov javob berdi. 

Реклама на Unews

– Ma`lumki, 2020-2021 o`quv yilida Toshkent shahridagi umumta`lim maktablari uchun birinchi sinfga qabul jarayoni onlayn tarzda bo`lib o`tgan edi, – dedi R.Karimjonov. – Natijada poytaxtimizda 45 mingga yaqin o`quvchi onlayn navbatga turib, maktabga bormasdan birinchi sinfga qabul qilindi. Bu tizim pandemiya sharoitida yaxshi samara berdi. Bu yil ushbu tajribani respublikamizning markaziy maktablarida to`liq onlayn qabul jarayonini tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Bunda ota-ona maktabga bormay, o`z uyida turgan holatda maktabga hujjat topshirish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Vazir o`rinbosarining qo`shimcha qilishicha, bu birinchi navbatda, korrupsiyaning oldini oladi, shaffoflikni ta`minlaydi. Bundan tashqari, ushbu portalda o`z hududida joylashgan maktablar to`g`risida ma`lumotlar olish, bog`lanish va hujjat topshirish imkoniyati mavjud. Bu ota-onalar uchun vaqtini tejashda ham juda qo`l keladi. Bu kabi yaratilayotgan loyihalar ota-onalarga engillik berish, xavfsizlik yuzasidan bir qator imkoniyatlarni yaratadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring