Bolalarda kamqonlik kasalligi ortib bormoqda. Mutaxassis zarur tavsiyalarni berdi

Bolalarda anemiya (kamqonlik) ko‘p uchrashi oqibatida ularda befarqlik, o‘qishda tengdoshlariga qaraganda sustkashlik kuzatiladi. Yosh bolalar jismonan va aqlan ortda qolmasliklari uchun kamqonlik muammosiga katta e’tibor berish zarur. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoramizdagi bolalarda kamqonlik bilan kasallanish xavfi 82 foizga yetgan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

O‘zbekiston SSV Matbuot xizmati tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim mudiri, oily toifali shifokor Nazokat Oripova o‘rtasida bo‘lgan suhbatda ushbu kasallik borasida muhim savollarga javob qaytarildi.

“Anemiya (kamqonlik) bu qon tanachalari, gemoglabin kamayishi bilan bog‘liq holatdir. Bunga birinchi navbatda organizmga temir moddasi yetishmasligi sabab bo‘ladi. Charchoq, bosh aylanishi, jismoniy mashqlar paytida nafas qisilishi, terining oqarishi, asabiylashish, sochlarning qurishi bu kasallikning asosiy belgilaridir. 

Реклама на Unews

Avvalo, qon tekshiruvi o‘tkaziladi. Agar bolada kamqonlik aniqlansa, gematolog, gastroenterolog, nefrolog, va pediatrlarga murojaat qilish mumkin”, dedi mutaxassis. 

Nazokat Oripovaning ta’kidlashicha, kamqonlikni davolash bosqichlari to‘liq shifokor nazorati ostida bo‘lishi lozim. Bolada anemiyaning yengil formasi kechayotgan bo‘lsa, temir moddasiga boy bo‘lgan ovqatlar va qo‘shimcha vitaminlar beriladi. Bu jarayonni to‘xtatmaslik zarur. Ratsionda mol go‘shti jigari, dukkakli ekinlar, dengiz mahsulotlari, yangi sabzavot va mevalar, ko‘katlar o‘rin olishi zarur. Dori va vitaminlar shifokor tavsiyasi bilan beriladi. 

“Bola tug‘ilmasdanoq homilador ayol sog‘lom ovqatlanishi, yetarlicha dam olishi zarur. Bolaning ilk olti oyligida ona sutiga qo‘shimcha ovqatlar qo‘shib borish zarur. Chaqaloqlarni ochiq havoda bo‘lishi, quyoshli vannalar qabul qilishi muhim. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, temir moddasi organizga yaxshi so‘rilishi uchun C vitamin juda zarur. Sut, choy, kofe kabi mahsulotlar esa temir moddasini so‘rilishiga qarshilik ko‘rsatadi”, dedi mutaxassis.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, maktabgacha yoshdagi bolalarning taxminan 50 foizida temir yetishmovchiligi aniq yoki yashirin bo‘lib, bu turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladi va ko‘pincha maktabgacha yoshdagi bolalarda kamqonlik bola hayotining birinchi yilida paydo bo‘lgan anemiya natijasidir. 

Реклама на Unews

“Yosh bolalar ko‘pincha shirinliklar va boshqa zararli mahsulotlarga ustunlik berib, temirni asosiy etkazib beruvchilar — go‘sht va sabzavotlarni iste’mol qilishdan bosh tortadi. Agar muvozanatli, temirga boy ovqatlanishiga qaramay, bola kamqonlik alomatlarini (rangparlik, charchoq, ishtahaning yo‘qligi, quruq lablar, mo‘rt tirnoq va boshqalar) ko‘rsatsa, darhol barcha kerakli muolajanni o‘tkazish uchun pediatrga murojaat qilish lozim”, dedi Nazokat Oripova.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring