AQShda koronavirusga qarshi ilk doridan foydalanishga rasman ruxsat berildi

AQShning Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sanitariya nazorati boshqarmasi (FDA) koronavirusga chalingan bemorlarni remdesivir bilan davolashga ruxsat berdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

«Veklury» savdo belgisi ostida chiqarilgan ushbu dori COVID-19ga qarshi qo‘llashga ruxsat etilgan ilk dori vositasi ekanligi tashkilot saytida qayd etib o‘tilgan.

Ta’kidlash kerakki, ushbu ruxsat faqat kasalxonaga yotqizish zarurati tug‘ilganlar, ya’ni tegishli alomatlarga ega, kasalligi laboratoriyada aniqlanganlarga tatbiq etiladi.

Реклама на Unews

Amerikaning remdesivir bilan shug‘ullanuvchi «Gilead Sciences Inc.»  biofarmatsevtika kompaniyasi yetarli miqdorda dori yetkazib berish uchun ishlab chiqarishni oshirgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring