Andijon hokimi koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning holidan xabar oldi (foto)

Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov kecha, 25 sentyabr kuni koronavirus bemorlari uchun Andijon shahrida tashkil etilgan vaqtinchalik taqsimlash markazida bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Ma’lum qilinishicha, markaz 2020 yil 7 sentyabrda tashkil etilgan bo‘lib, 200 o‘ringa mo‘ljallangan. Muassasada qo‘shimcha mini kislorod zavodi o‘rnatilgan bo‘lib, 168 nafar bemorga kislorod nuqtalari ajratilgan, 22 nafar bemorlarga esa kislorod konsentratori bilan sun’iy nafas beriladi. Muassasada 18 nafar malakali shifokorlar 32 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari, 26 nafar kichik tibbiyot xodimlari hamda 3 nafar boshqa xodimlar faoliyat yuritmoqda.

Реклама на Unews

Muassasada viloyat hokimi “COVID-19” kasalligi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatayotgan davolash-profilaktika muassasalari rahbarlariga kasallikni oldini olish va bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat, tibbiy ta’minot, kuz-qish mavsumga tayyorgarlik holatlari bo‘yicha kerakli topshiriqlar berdi.

Реклама на Unews

Bemorlar bilan malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni samarali tashkil etish va axborot almashinuvini yaxshilash maqsadida har bir muassasa mas’ullariga planshetlarni topshirdi.

«Bundan tashqari muassasada davolanayotgan 120 nafarga yaqin bemorlar bilan suhbatlashib, ularning ahvollari bilan qiziqdi» - deyiladi hokimlik xabarida.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring