2021 yildan O‘zbekistonda sentyabr oyining uchinchi yakshanbasida avtomobilda harakatlanish taqiqlanadi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Muhokamaga qo‘yilgan qarorga muvofiq, O‘zbekistonda global pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish hamda aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish orqali aholida kasallikka qarshi immun tizimini shakllantirish, kasallikdan keyingi davrda tiklash va reabilitasiya ishlarini tashkil etish hamda aholining sog‘lom turmush tarzi garovi sifatida to‘g‘ri ovqatlanish targ‘ibotini kuchaytirish maqsad qilingan.

Unga ko‘ra, «Pandemiyani sport orqali yengamiz!» g‘oyasini o‘zida mujassam etgan O‘zbekiston Respublikasida 2020-2021 yillarda sport siyosatini jadallashtirish dasturi tasdiqlanadi. Shuningdek, Respublikada aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishning ustuvor yo‘nalishlari etib – sportning yurish, yugurish, mini futbol, velosport, badminton, voleybol, stritbol, fitnes, «Workout» — mahalla (ko‘cha) fitnesi turlari belgilab olinishi ko‘zda tutilgan va bu sport turlarining mamlakatimizning har bir hududida rivojlanishi uchun tegishli mutasaddilar mas’ul sifatida tayinlanadi.

Реклама на Unews

Bundan tashqari qarorda 2021 yildan boshlab sentyabr oyining uchinchi yakshanbasi respublika bo‘yicha «Avtomobilsiz kun» deb e’lon qilinadi hamda shu kuni avtomobilda harakatlanish taqiqlanadi (maxsus texnikalar, taksi va yetkazib berish hamda tibbiy tez yordam uchun xizmat ko‘rsatadigan texnikalar, jamoat transportlari, zarur hollarda foydalaniladigan shaxsiy avtomobillar bundan mustasno).

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring