O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 36 kishiga yetdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi A. (erkak kishi) bir necha kun davomida tana haroratining ko‘tarilishi, tomog‘ida og‘riq va holsizlik bo‘lishiga qaramasdan shifokorlarga o‘z vaqtida murojaat qilmasdan, uy sharoitida davolanib yurgan, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Joriy yil 2 iyul kuni Respublika ixtisoslashtirilgan Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va tekshiruv natijasiga ko‘ra, pulmonolog tavsiyasiga asosan Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasiga yuborilgan.

43 yoshli bemorga “Ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi 2-daraja, semizlikning 3-darajasi” tashxisi qo‘yilgan. Unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.

Реклама на Unews

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli malakali shifokorlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak  qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Shuningdek, ayni vaqtga kelib O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 36 kishiga yetdi. Ushbu virusni jami 10143 kishi yuqtirgan bo‘lsa, 6584 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий