Xorijda toʻp suradigan oʻzbek futbolchilari qancha maosh oladi?

Bugungi kunda xorijda toʻp suradigan oʻzbekistonlik ligionerlar soni bir nechtani tashkil etadi. Hatto ular orasida nufuzli ligalarda toʻp tepayotganlar ham bor. Jumladan, Eldor Shomurodov ham yaqinda Italiyaning «Jenoa» klubiga oʻtgan. «Tez News» nashri quyida xorij hamda Oʻzbekistonda toʻp suradigan oʻzbek futbolchilarining oylik maoshi haqida maʼlumot beradi.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonda Super liga va Pro-ligada eng kam ish haqi 578 ming soʻmdan boshlanadi. Oliy liganing yetakchi klublaridagi tajribali futbolchilar esa 20 million soʻmdan koʻproq maosh oladi va bu mukofot pullari bilan 2 baravarga oshirib berilishi mumkin.

Pro-liganing oʻrtamiyona klublarda esa futbolchilarning oylik maoshlari 2–6 million soʻm atrofida boʻlsa, har bir gʻalabali oʻyinlar uchun mukofot puli oʻrnida 3–7 million soʻm toʻlanadi. Bir oyda 2 ta oʻyinda gʻalabani qoʻlga kiritsa, klub futbolchilari 8–15 million soʻm mukofot puli bilan taqdirlanadi.

Реклама на Unews

Qayd etilishicha, «Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodov yiliga 1 million 579 ming dollar maosh oladi. Xitoyning «Shanghai SIPG» futbol klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov yiliga 5 million dollar, BAAning «Sharja» futbolchisi Otabek Shukurov 1,6 million hamda «Shabob al-Ahli» futbolchisi Aziz Gʻaniyev 1 million yevro maosh oladi.

Shuningdek, Rossiyaning «Rotor» futbolchisi Vitaliy Denisov 950 ming hamda «Ufa» futbolchisi Oston Oʻrunov 900 ming yevrodan koʻproq maosh oladi.

Avvalroq Instagramʼda eng koʻp obunachiga ega oʻzbek sportchilari reytingi tuzilgan edi. Shuningdek, «Spartak»dagi oʻzbek futbolchisi muxlislar tanqididan soʻng Instagramʼdagi rasmini oʻchirib tashlagani hamda rossiyalik sport sharhlovchisi «Spartak»dagi oʻzbek futbolchisining oʻyin uslubini tanqid qilgani haqida xabar berilgan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring