Rekord! O`zbekistonda koronavirusdan kasallanish bo`yicha kunlik ko`rsatkich 400dan oshib ketdi, ikki bemor vafot etdi

2021 yil 29 aprel holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 90808 (+402) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi SSV Axborot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining:

-3 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

Реклама на Unews

-5 nafari Andijon viloyatida,

-3 nafari Buxoro viloyatida,

-8 nafari Jizzax viloyatida,

Реклама на Unews

-6 nafari Qashqadaryo viloyatida,

-4 nafari Navoiy viloyatida,

-4 nafari Namangan viloyatida,

-69 nafari Samarqand viloyatida,

-6 nafari Sirdaryo viloyatida,

-6 nafari Surxondaryo viloyatida,

-9 nafari Farg`ona viloyatida,

-6 nafari Xorazm viloyatida,

-64 nafari Toshkent viloyatida,

-209 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

-Andijon viloyatida 18 nafar,

-Qashqadaryo viloyatida 3 nafar,

-Navoiy viloyatida 6 nafar,

-Namangan viloyatida 6 nafar,

-Samarqand viloyatida 22 nafar,

-Farg`ona viloyatida 3 nafar,

-Xorazm viloyatida 1 nafar,

-Toshkent viloyatida 42 nafar,

-Toshkent shahrida 192 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 87067 (+293) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 649 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3092 nafar bemor davolanmoqda.

 

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring