Pokistonda portlash sodir bo‘ldi

Pokiston janubidagi Balujiston viloyatida bomba portlashi natijasida bir politsiya xodimi halok bo‘ldi va besh kishi jarohat oldi.

Mintaqaviy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, Qila-Abdulla tumani ma’muriy markazi Chaman shahrida xavfsizlik kuchlari mashinasi yo‘nalishi bo‘ylab portlovchi moslama o‘rnatilgan.

Hujum mamlakat Bosh vaziri Imron Xonning voqea joyidan 75 kilometr uzoqlikda joylashgan Ketta shahriga bir kunlik tashrifi chog‘ida sodir bo‘lgan.

Реклама на Unews

Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring